Sayohat radiosi
“Window or aisle?”
Deraza yonimi yoki yo'lak tomonmi?
Kupletlari o'zbekcha hikoya, naqarotlari esa aeroport, kafe, taksida kerak bo'ladigan inglizcha gaplar. Qo'shiqni qo'ying, gaplar o'zi yodda qoladi.
Radioni tanlang, qo'shiqlar ketma-ket chalaveradi. Har radioda bepul qo'shiqlar bor.
“Window or aisle?”
Deraza yonimi yoki yo'lak tomonmi?
“How much is this?”
Bu qancha turadi?
“Nice to meet you!”
Tanishganimdan xursandman!
“Red and yellow!”
Qizil va sariq!
“I have a headache.”
Boshim og'riyapti.
Ko'pchilik ingliz tilini o'rganishni boshlaydi va bir haftada tashlab qo'yadi, chunki darsga vaqt yo'q. Musiqaga esa doim vaqt bor: avtobusda, yo'lda, uyda ish qilib. KuyLang shu vaqtni ingliz tiliga aylantiradi.
Ilovani ochasiz, Play'ni bosasiz, radio chala boshlaydi. Ro'yxatdan o'tish, test, sozlash yo'q.
Qo'shiq cho'ntakda ham, ekran o'chiq ham chalaveradi. Qulf ekranida joriy inglizcha gap va tarjimasi ko'rinadi.
Naqarot takrorlangani sari gap yodlanadi. Eshitgan gaplaringiz tarjimasi bilan ilovada yig'ilib boradi.
Har qo'shiq bitta kichik hikoya. Kuplet o'zbekcha aytiladi va vaziyatni tushuntiradi. Naqarot esa shu vaziyatda kerak bo'ladigan inglizcha gap. Siz gapni yodlamaysiz: uni kuylab qo'yasiz.
Alohida vaqt ajratish shart emas. KuyLang odatdagi kuningizning ichida ishlaydi.





Alyusha birinchi bor Dubayga uchmoqchi. Aeroportda pasport, o'rindiq va chiqish eshigini so'rashni o'rganadi.
Kechqurun kafega kiradi: stol so'raydi, qahva buyuradi va hisobni so'raydi.
Yangi ishda birinchi kun. O'zini tanishtiradi va hamkasblar bilan gaplashadi.
Quloqchinli, sariq yuzli qahramonimiz. Birinchi ochilishda u ilovani o'zi kuylab tanishtiradi: 40 soniyada siz birinchi 4 ta inglizcha gapni bilib olasiz.
Tinglangan qo'shiqlar telefonda shifrlangan holda saqlanadi va yo'lda internetsiz chalaveradi.
Har inglizcha gap tarjimasi bilan yig'iladi. Bosib, talaffuzini qayta eshitasiz.
Yoqqan qo'shiqlarni bitta bosish bilan playlistga qo'shasiz.
15, 30 yoki 60 daqiqa. Oxirida ovoz sekin pasayib to'xtaydi.
Ro'yxatdan o'tmasdan tinglang. Ko'proq kerak bo'lsa, Premium hamma radiolarni ochadi.
Uzcard · Humo · Rahmat · App Store · Google Play. Do'konlarda narx o'sha do'kon valyutasida ko'rsatiladi.
Ha. Hikoya o'zbekcha, har inglizcha gapning tarjimasi ekranda turadi. Gaplar qisqa va real vaziyatlardan olingan.
Yo'q. Ilova ochilishi bilan ishlaydi. Email faqat Premium olganda yoki ma'lumotlaringizni boshqa telefonga ko'chirmoqchi bo'lsangiz so'raladi. Parol yo'q, emailga kod keladi.
Avval tinglagan qo'shiqlaringiz telefonda saqlanadi va internetsiz chalaveradi. Yangi qo'shiq uchun internet kerak.
Kattalar uchun Sayohat, Kundalik, Ish va Salomatlik radiolari bor. Bolalar uchun alohida, sho'x qo'shiqli Bolalar radiosi bor.
App Store yoki Google Play orqali olgan bo'lsangiz, telefon sozlamalaridagi obunalar bo'limidan. Rahmat orqali olingan obuna muddat tugagach o'zi yangilanmaydi.
Faqat tinglang. Qolganini qo'shiq o'zi qiladi.